Ответ:
Bu dunyoda eng aziz inson,
u onadir, u ona.
Bir she'rda shunday misralarni o`qigan-dim. Darhaqiqat, onalar ulug` va mo`'tabar. Zotan, ular bizni dunyoga keltirib, oq yuvib-oq tarab ulg`aytiradilar.
Mendan ham "Dunyoda eng aziz inson kim?" deb so`rasalar "Mening onam" der edim baralla.
Onajonimning munis chehralarida ajib fazilatlar balqib turadi. U kishi mehribon, jonsarak, kamolimiz, iqbolimiz yo`lida doi-mo joni xalak.
Shu bois onajonimni ummonga mengzagim keladi. Chunki u kishining mehr buloqlaridan qanchalar bahra olmaylik, sira kamaymaydi, yanada jo`-shib, to`lib-toshib boraveradi.
Onamni quyoshga o`xshataman.
Oftob o`z shu'lalari bilan butun borliq-ni nurafshon etsa, iliqlik baxsh etsa, onamning mehri shuurimizga taft berib, qalbimizni ziyoga chulg`aydi.
Onalarni yana buyuk murabbiy-ustoz degim keladi. Boisi ular bizga yaxshi tarbiya berib, ezgulikka undaydilar. Yon-lariga olib, turli yumushlarni qanday baja-rishni, uyimizni saranjom-sarishta tu-tishni o`rgatadilar.
Ustozlar esa ilm-fan o`rgatib, komillik sari yetaklaydilar.
Darvoqe, men ta'lim oladigan ilm dargohida onam kabi mehribon, g`amxo`r ustozlarimiz ko`p. Direktorimiz Gulmira Qo`shmonova, ona tili va ada-biyoti fani o`qituvchimiz Dilorom Buva-boyeva, sinf rahbarimiz Yulduz Sarim-soqova, ingliz tili fani muallimamiz An-zirat Tursunova ... eh-he, ularning yana ko`plarini nomma-nom aytish mumkin. Ular bizga saboq o`rgatishar ekan, buyuk qalb egasi ekanlarini kashf etgandek bo`laman.
Butun O`zbekiston o`g`il-qizlarining, barcha maktablardagi tengdoshlarimning ustozlari ham shunday bo`lsa kerak: mehribon, suyukli, aziz.
Shundan bizlar baxtiyor va shodmiz, ko`zlarimiz quvonchdan porlaydi.
Bayramingiz muborak bo`lsin, mehr quyoshi - aziz onajon, onajonlar.
Baxtimizga doimo omon bo`ling, sog` bo`ling!
Ответ:Mening Onam eng zo‘r!!! U siz dunyo qoring‘u... Ona dek xech kim bo‘lolmaydi. Na ota, na opa, na aka,na bono, va buvi ham onani o‘rnini bosolmaydi! Ona eng qadirli inson! Onani hurmatlang, seving!!! Axir Ona bo‘lmasa, biz ham bo‘lmaymiz!!!!
Объяснение: