search points attachment profile arrow left arrow right star heart verified symbols equation arrow-down question mark check menu accountancyadministrationagriculturalalgebraallarabicartart_musicbelarusbelarus_altbiologybusinesscatalachemistrychineseeconomicsegzamenglishentrepreneurshipenvironmentethicseuskarafirst_aidfrenchgalegogeographygeologygeometrygermangrammarhealthhistoryindia_langindonesian_langinformaticsitalianjapanesekazachkazach_altkoreanlanguagelatinlawlife_scienceliteraturelogicmathematicsmusicnigerian_langother_languagesotherspedagogicsphilosophyphysical_educationphysicspoliticspsychologyreligionrpa_langrussianrussian_altsciencesecurityskillssocial_sciencesociologyspanishstatisticstechnologytourismtrafficukrainianukrainian_altukrainian_literaturewos_civilisation accountancyadministrationagriculturalalgebraall_1arabicartart_music_2belarusbelarus_altbiologybusiness_2catalachemistry_1chineseeconomicsexam_3englishentrepreneurshipenvironment_2ethicseuskarasecurity_1frenchgalegogeography_4geology_4geometrygermangrammarhealthhistoryindia-langindonesian-langinformaticsitalianjapanesekazachAsset 230koreanlanguagelatinlawlife-scienceliteraturelogic_2mathematicsmusicnigerian-langotherlanguagesother_1pedagogicsphilosophyphysical_educationphysicspoliticspsychologyreligion_1rpa-langrussianrussian_altsciencesecurity_3_mskills_1allsocial_science_5_msociologyspanishstatisticstechnologytourismtrafficukrainianukrainian_altukrainian_literaturewos_civilisation
Автор - logoscar371

til dilning kaliti Matn​

Ответ

Автор - adolat60

Ответ:

Til xalqning yagona bir millat sifatida milliyligini, o`zligini,madaniyatini ko`rsatuvchi ko`zgudir. Millatning borligi va birligining bosh belgisi til hisoblanadi. Shuning uchun ham biz o`zbek tilini ona tili sifatida ulug`laymiz, e'tirof etamiz. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "O`zbek tili O`zbekiston Respublikasining gerbi, bayrog`i, madhiyasi bilan bir qatorda turuvchi, qonun bilan himoyalanuvchi muqaddas timsollardan biridir".

O`zbekiston Respublikasining "Davlat tili to`g`risida"gi qonuni qabul qilinganligining 26 yilligini munosib nishonlash maqsadida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan "Til - millat madaniyatining ko`zgusi" mavzusida(sinflar kesimida) insholar tanlovi o`tkazildi. Ushbu tanlovni o`tkazishdan maqsad o`quvchi-yoshlarni milliy tilimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylash, e'zozlash va uning go`zalligi, sofligi, tozaligi, qudrati, ravnaqi uchun kurashish yuksak insoniy burch ekanligini anglab yetishlariga ko`maklashishdir.

Viloyatimizning barcha ta'lim muassasalarida o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun til bayrami sifatida keng nishonlandi. Jumladan, Namangan shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo`limiga qarashli 66-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta'lim maktabida "Til - dillarni birlashtiruvchi kuch" mavzusida viloyat miqyosida tadbir o`tkazildi. Unda barcha tumanlar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo`limlarining ona tili va adabiyot fani metodistlari, ona tili va adabiyot fani yo`nalishida faoliyat yuritayotgan faol, tashabbuskor va ijodkor o`qituvchilar ishtirok etdilar. O`quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she'rlar, qo`shiqlar va sahna ko`rinishlar namoyish etildi. Ayniqsa, o`zbek tilini adabiy til darajasiga ko`targan Alisher Navoiy siymosining sahnada gavdalanishi va buyuk bobomizning yosh avlodga tilimizni asrab-avaylash haqidagi pand-nasihatlari yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Milliy g`oya targ`ibotida ona tiliga muhabbat tarbiyasi muhim o`rin tutadi. Yurtboshimiz e'tirof etganlaridek, inson qalbiga barcha ezgu fazilatlar til vositasida singdirilar ekan, demak ona tiliga e'tibor faqat til bayrami kunlaridagina emas, har kuni, har daqiqada davom etishi kerak. Shundagina o`zbek tili kundalik hayotda ham, adabiy hayotda ham doim yuksalishda va rivojlanishda bo`ladi.

Ответы и объяснения

По всем вопросам пишите на - [email protected]